"Ishonuvchanligim bor..."Bu galgi intervyu mehmoni san'atga qadam qo'yganiga ko'p bo'lmagan bo'lsada, lekin qisqa fursat ichida o'ziga yarasha muxlislar orttirib ulgurgan, ko'pgina tanlovlar g'olibasi xonanda Dilso'z! Ijodiy guruhimiz bilan birgalikda "New-Star media" prodyusserlik markaziga tashrif buyurdik va Dilso'z bilan birgalikda qiziqarli suhbatda bo'ldik. Go'zal tabassumi ila bizni kutib olgan Dilso'z barcha savollarimizga to'liq javob berishga harakat qildi. -San'atga qo'ygan ilk qadamingiz?-San'atga qiziqishim yoshligimdan uyg'ongan. Musiqa maktabida, so'ng san'at kollejida tahsil olganman. Hozirda esa Navoiy Davlat Pedagogika oliygohini musiqiy ta'lim yo'nalishini tamomladim. San'atga o'zimdan-o'zim emas, o'qib, qiziqishlarim tufayli kirib kelganman. San'atda to'laqonli ijodimni boshlaganimga bir yarim yil bo'ldi. "New-Star media" markaziga kelganimdan so'ng san'atga to'la qadam bosdim deb o'ylayman. Ushbu markazga kelib, omadim kelib tanlovdan o'tdim. -Tanlovda ijro etgan taronangiz?-To'g'risini aytsam nima ijro qilishni ham bilmaganman. Sababi, raqobat juda ham kuchli edi. Qo'rquv bosgan. Tanlovdan o'taman deb o'ylamagan edim. Shuning uchun nima bo'lsa bo'ldi deb Lola Yo'dosheva ijrosida "O hayot" taronasini kuylaganman. Shu xonandani taronalarini juda yaxshi ko'rganligim bois uni taronasini ijro etganman va shu bilan birgalikda xorij taronalaridan birini ham ijro etganman. Vaqt o'tib tanlovdan o'tganligim haqida xabar berishgan. -Bolaligingizda boshqa kasbni orzu qilganmisiz?-Bolaligimda huquqshunos, ya'ni advokat yoki prokuror bo'lishni niyat qilganman. San'atga qiziqishim bo'lsada, ammo san'atkor bo'laman deb o'ylamaganman. Toshkent Davlat Yuridik oliygohiga xujjatlarimni topshiraman deb, qo'shimcha darslarga ham qatnaganman. -Huquqshunoslik sohasidan san'at sohasini tanlab ketishingizga nima turtki bo'ldi?-Bilmadim, inson o'zini bir sohada ko'rar ekan. San'atga bo'lgan qiziqishim ilgarilab ketdi. TV ekranlarda chiqayotgan san'atkorlarni ko'rganimda juda havasim kelar edi. Ko'rik tanlovlarda g'olib bo'lgan xonandalarni ko'rib havas qilganman. Shunda ham san'atkor bo'laman deb emas musiqa o'qituvchisi bo'laman deb Pedogogika oliygohiga o'qishga kirganman. Taqdir taqazosi bilan tanlovda o'tib san'atkor bo'ldim. -San'atkor bo'lmaganingizda balki huquqshunos bo'larmidingiz-Yoki yurist yoki o'qituvchi bo'lar edim. -San'atni tanlashingizda yaqinlaringizdan qarshiliklar bo'ldimi?-U qadar qarshiliklar bo'lmaganu, birozgina qarshiliklar bo'lgan. Shuning uchun o'qituvchi bo'laman deganman. Bir necha ko'rik-tanlovlarda g'oliblikni qo'lga kiritganimda, yaqinlarim yaxshi so'zlar eshitishganida asta-sekin rozi bo'la boshlashgan. Keyin esa bora-bora bunga ko'nikishdi. Hozir qarshiliklar yo'q. -San'at sohasidagi qo'lga kiritgan ilk yutug'ingiz?-Ilk yutug'im bu "Kelajak ovozi-2008" ko'rik tanlovida g'oliblikni qo'lga kiritganman. 2009-yilda esa, Fond-Forumning "Ta'lim granti"ni yutib olganman. Musiqiy yo'nalish bo'lganligi sababli qo'shiq kuylab berganman. Kuylagan taronam ularga ma'qul kelib, shu grandni menga loyiq deb topishgan deb o'ylayman. Bundan tashqari "Nihol mukofoti" ko'rik tanlovining tuman va shahar bosqichidan o'tib, Respublika bosqichidan o'ta olmaganman. O'tgan yili ham topshirib ko'rdim lekin o'tmadim. Bu yil yana harakat qilib ko'rish niyatidaman. -Nima deb o'ylaysiz, qaysi bir soha vakili bo'lishidan qat'iy nazar insonga ma'lumot kerakmi yoki qobilyat bo'lsa kifoyami?-Ikkisi ham kerak deb o'ylayman. Lekin shunday insonlar borki, o'qimagan bo'lsa ham haqiqatdan hudo tomonidan tug'ma qobilyat ato etilgan. Ba'zilar borki, qo'lida diplomi bo'lsa ham qobilyati yetishmaydi. -Shu borada bir savol tug'iladi. Inson o'zi talantli bo'lib tug'iladimi yoki talant inson hayoti davomida shakllana boradimi?-Menimcha birinchi o'rinda tug'ma taland bo'lishi kerak. Lekin mehnat orqali ham erishsa bo'ladi. San'atda shunday gap bor, bir foiz taland bo'lsa, qo'qson to'qqiz foiz mehnat bo'lishi kerak. Ozgina bolsa ham qobilyati bo'lsa, mehnat qilib, ijodini shakillantirib ko'p yutuqlarga erishishi mumkin. -Ilk bora sahnaga chiqgandagi hayajonlaringiz-Ilk bora sahnaga 6-sinfda chiqganman. Albatta unda juda ham yosh edim. Hayajonim juda kuchli edi. Katta sahnaga ilk bora O'zbegim taronasi radiosining 11 yillik bayrami munosabati bilan o'tkazilgan katta gala konsertda chiqgan edim. Juda ham hayajonim kuchli bo'lgan. O'zbek estrada yulduzlari bilan bir sahnada kuylaganimdan ham g'ururlanganman, ham hayajon bosgan. -Dilso'z sahnaga kirib kelib nima topdiyu, nimalarni yo'qotdi?-(kuladi) Yo'qotganim yo'q. Menimcha ko'proq topdim. Yaxshi insonlar bilan tanishdim. Ustozim O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Sardor Rahimxon bilan tanish emasdik. Hozir esa ular meni ustozim ekanliklaridan juda xursandaman. Katta-katta san'atkorlar bilan tanishdim. Ular meni ustozlarim. Bundan juda faxrlanaman. -Ustozlaringiz haqida gapirib o'tsangiz-Ko'p ustozlarim bor. Shu darajaga yetishishimda ularning hizmatlari katta. Birinchi o'rinda Sardor Rahimxon ustozimning hissalari katta. O'zlari san'at sohasida bo'lishlariga qaramasdan menga juda katta vaqtlarini ajratadilar. Ularga rahmat aytaman. Bundan tashqari Feruza Ochilova ustozimdan maqom sir-asrorlarini o'rganib kelaman. Munojat Yo'lchiyeva, Yulduz Turdiyeva. Ulardan ham ko'p narsalarni o'rganganman. Ustozlarim ko'p juda ham. Ularni barchasiga minnatdorchilik bildiraman. -Hozirgi kundagi ijodingizga kelsak, ijodingizda boshqacha uslublarda, boshqacha imidjlarda ijod qilish niyatingiz bormi?-Bilmadim bu haqda o'ylab ko'rmadim. Ammo kliplarimni bir-biriga o'xshab qolmasligiga harakat qilaman. Imidjimga kelsak, bir-biriga o'xshamagan imidjlar yaratishga harakat qilaman. Yaqinda yangi klip olishni rejalashtirganmiz. Shu klipimiz uchun yangi imidj ustida ishlamoqdamiz. -Tarona va kliplaringizga g'oyalarni qayerdan olasiz?-Ko'pincha rejissiyorlar bi
Dilso'z: "Ziyodaga taqlid qilmayman!"
» » Dilso'z: "Ziyodaga taqlid qilmayman!"
Чужой компьютер
Загрузка. Пожалуйста, подождите...
Dilso'z: "Ziyodaga taqlid qilmayman!" » Sahro.NET - Узбекский мультимедиа портал
Комментариев нет:
Отправить комментарий